Janubiy Koreya prezidentiga ikkinchi impichment tashabbusi eʼlon qilinishi mumkin
Janubiy Koreya politsiyasi Yun Sok Yolning harbiy holat eʼlon qilgani boʻyicha tergov doirasida prezident idorasiga reyd oʻtkazdi. Rasmiylar esa parlamentga mamlakatning sobiq mudofaa boshligʻi hibsda oʻz joniga qasd qilishga uringanini aytdi.
Ushbu oʻzgarishlar sobiq mudofaa vaziri Kim Yon Xyon va Seul politsiya idoralari rahbari prezident Yunning qisqa muddatli harbiy holat eʼlon qilishida aloqadorlikda ayblanib, hibsga olinganidan keyin sodir boʻldi.
Koreya axloq tuzatish xizmati bosh komissari Shin Yong Xe parlamentdagi eshituvlar chogʻida Kimni oʻz joniga qasd qilishga urinish vaqtida axloq tuzatish muassasasi xodimlari toʻxtatganini va uning ahvoli barqaror ekanini maʼlum qilgan. Adliya vaziri ham buni tasdiqladi.
Ayni vaqtda muxolifat ikkinchi marta Yunga impichment eʼlon qilishga harakat qilmoqda. Agar ikkinchi impichment tashabbusi muvaffaqiyatli boʻlsa, Bosh vazir Xan Dak Su vaqtinchalik prezidentlik masʼuliyatini oʻz zimmasiga oladi. Shundan keyin Koreya Konstitutsiyaviy sudi Yunning lavozimidan chetlatilishini tasdiqlash yoki uning vakolatlarini tiklash haqida qaror qabul qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring