Janubiy Koreya prezidenti ozodlikka chiqarildi

15:24 07 Mart 2025 Dunyo
155 0

Arxiv foto

Janubiy Koreya sudi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish orderini bekor qildi va uni qamoqdan ozod qilishga qaror qildi. Bu haqda mahalliy “Chosun” gazetasi xabar berdi.

Qaror siyosatchi yanvar oyi oʻrtalarida harbiy holat joriy etish haqidagi buyrugʻi bilan isyon koʻtarganlikda ayblanib hibsga olinganidan 40 kun oʻtib qabul qilindi. Koreya qonunchiligiga koʻra, agar hibsga olishning qonuniy asoslari oʻz kuchini yoʻqotsa, qamoqqa olish bekor qilinishi mumkin.

Seul markaziy okrug sudi prokurorlar Yolni oʻtgan oy ayblov eʼlon qilishdan oldin uni qonunda ruxsat etilganidan koʻproq hibsda ushlab turish orqali tegishli tartibni buzgan, deya qaror qildi.

Janubiy Koreya prokuraturasi 26-yanvar kuni hokimiyatdan agʻdarilgan prezident Yun Sok Yolga qarshi isyonda ayblov qoʻydi. Siyosatchi mamlakatda harbiy holat joriy etilgani sababli davlat tuzumiga qarshi isyonda ayblangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?