Janubiy Koreya oʻzbekistonliklar uchun soddalashtirilgan tartibda viza berishi mumkin
Janubiy Koreya tarixida ilk bor Oʻzbekiston fuqarolariga Ulsan shahri meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari joriy etiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, 17-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Olimjon Abdullayev va Ulsan shahri meri Kim Du Gyom boshchiligidagi Koreya Respublikasi delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi.
Unda Kadrlar salohiyatini rivojlantirish, Oʻzbekistondan mehnat resurslarini shahardagi yirik sanoat obyektlariga jalb etish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
Ulsan shahri meri Kim Du Gyom Koreya tarixida ilk bor Oʻzbekiston fuqarolariga shahar meriyasi orqali soddalashtirilgan tartibda mehnat vizalarini berish mexanizmlari koʻzda tutilayotganini taʼkidlagan.
Xususan, Ulsan shahar hokimligi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolari uchun bir qator imtiyozlar joriy etilmoqda. Bitiruvchilar uch oylik kasbiy tayyorgarlik va til oʻrganish kurslarini tamomlagandan soʻng mehnat vizasi olinadi va ishga joylashtiriladi.
“Bunday mexanizm pilot loyiha sifatida birinchi marta qoʻllanilmoqda. Agar natija ijobiy boʻlsa, boshqa shaharlar ham Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu mexanizmni joriy etishi mumkin”, — deydi Kim Du Gyom.
Uchrashuv davomida Koreya tomoni Oʻzbekiston tomonining Ulsan korxonalarida Oʻzbekiston fuqarolarini oilalari bilan birgalikda, agar ular noqonuniy holga kelib qolmagan boʻlsa, tashkiliy ravishda ishga joylashtirish imkoniyati haqidagi soʻrovini koʻrib chiqishga tayyorligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring