Janubiy Koreya investitsiyasi ishtirokida istiqbolli loyiha amalga oshiriladi
Furqat tumanida ekologik toza, yuqori texnologiyali va iqtisodiy jihatdan gʻoyatda samarali yangi loyiha amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan “KICC” MCHJ xorijiy korxonasi tomonidan biopellet (briket) ishlab chiqarish hamda issiqlik energiyasi stansiyasini qurish koʻzda tutilgan.
— Loyihaning umumiy qiymati 10 mln AQSH dollari boʻlib, 100 ta yangi va yuqori daromadli ish oʻrni yaratishga xizmat qiladi, — deydi Furqat tumani hokimi oʻrinbosari Bunyodbek Mavlonov. — Natijada yiliga 150 mlrd soʻmlik mahsulot ishlab chiqarilib, mahalliy byudjetga har yili qoʻshimcha 6 mlrd soʻm mablagʻ jalb etiladi.

Yangi korxonada jahon andozalari darajasidagi eng soʻnggi texnologiyalar oʻrnatilib, atrof-muhitga ekologik jihatdan bezarar mahsulot ishlab chiqariladi. Shuningdek, hamkorlik kelishuvi asosida yuqori texnologiyali “Eco Booiler” isitish qozonlari chiqarish orqali kuz-qish mavsumida energiya taʼminoti barqarorligini taʼminlash maqsad qilingan.
Bu loyiha nafaqat isitish tizimini yaxshilaydi, balki tabiat muhofazasiga ham salmoqli hissa qoʻshadi. Yaqin istiqbolda esa tumanning bepoyon yashil tabiat hududlarida turizm sohasini jadal rivojlantirish hamda qoʻshimcha xizmat koʻrsatish va servis tarmoqlarini ishga tushirish imkonini beradi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring