Janubiy xitoylik sayyohlar Oʻzbekistonga ilk bor tashrif buyurishadi
Oʻzbekistonning Guanchjoudagi Bosh konsulxonasi diplomatlari Xitoyning GZL Travel kompaniyasi (GZL) vitse-prezidenti (tashqi turizm boʻyicha kompaniya rahbari) Rut Xuan xonim bilan xitoylik turistlarni birlashgan xolda Oʻzbekistonga sayohatlarini tashkil etish masalalari muhokama qildilar.
Uchrashuvda Xitoy tomoniga mamlakatimizda yaratilgan turizm infratuzilmasi, soʻngi 6-7 yil ichida sohada olib borilgan islohotlar, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi tarixiy shaharlar turistik salohiyati va zamonaviy imkoniyatlari toʻgʻrisida maʼlumot berildi.
GZL oʻz faoliyatini 1980-yildan buyon davom ettirib kelmoqda. Kompaniya bosh ofisi Guandun provinsiyasida joylashgan boʻlib, bugungi kunda Xitoyning 27 ta yirik shaharlarida 100 dan ortiq filiallariga ega. 2015-yilda Xitoyning eng yaxshi turistik kompaniyasi maqomini olgan.
Tomonlar, bugungi kunda Xitoyning Urumchi, Sian, Pekin va Chengdu shaharlaridan Toshkentga haftasiga 12 ta aviaparvozlarni amalga oshirilayotganligi taʼkidlab, ushbu yoʻnalishlar orqali xitoylik sayyohlarni mamlakatimizga tashriflarini koʻpaytirish maqsadida birgalikda amaliy tadbirlar oʻtkazish hamda oʻzaro “Silk Road” turizm brendini Janubiy Xitoy provinsiyalarida keng targʻib qilishga kelishib oldilar.
Xitoy tomoni joriy yilning 15-17-noyabr kunlari Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida qatnashish taklifini mamnuniyat bilan qabul qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring