Jalaquduqda yangi maskan foydalanishga topshirildi

10:52 27 Avgust 2024 Jamiyat
270 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Jalaquduq tumanida Oila va xotin-qizlar maskani foydalanishga topshirildi. Bu yerdagi mavjud sharoit opa-singillarimizni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash, bandligi taʼminlash, doimiy daromad manbaiga ega qilish, mavjud muammolarining ijobiy yechimini taʼminlash ishlarini yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

— Davlatimiz rahbari Andijon viloyatiga tashrifi davomida tumanda ushbu maskanni barpo etish orqali xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish muhimligi yuzasidan koʻrsatma bergan edi, — deydi Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi boʻlim boshligʻi Mavludaxon Nizomova. — Koʻrsatma ijrosi sifatida qad rostlagan bu bino tuman xotin-qizlarining eng ishonchli maskaniga aylanadi. Bu yerda opa-singillarimizning ham hayotda, ham jamiyatda munosib oʻrin egallashlari uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Jumladan, turli yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv kurslari, huquqiy va psixologik maslahatxona, kasb-hunarga oʻrgatish markazlari faoliyat yuritmoqda. “Yosh onalar maktabi”, “Oila kutubxonasi”, “Ona va bola” xonalari, sport va fitnes mashgʻulotlari ham tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?