Jahon matbuoti: Olimlar kasalliklarni koʻz yoshi orqali aniqlash yoʻlini topdi

14:40 26 Iyul 2022 Dunyo
709 0

Zamonaviy tibbiyotda kaminvaziv muolaja va diagnostika usullari keng ommalashmoqda. Sohaga doir yangi ixtiro va kashfiyotlar jarayonida ham shunga erishish maqsad qilinyapti.

Yaqinda bir guruh xalqaro tadqiqotchilar bu borada navbatdagi izlanishlarini yakunladi. Natijalar kutilganidek ijobiy boʻldi. Shu tariqa koʻz yoshi bezlari sekretsiyasi orqali inson organizmidagi kasalliklarni aniqlay oladigan yangi tizim ishlab chiqildi.

Bizga maʼlumki, anʼanaviy diagnostikada asosan peshob, qon va tupuk kabi biologik belgilardan foydalanib kelinadi. “ACS Nano” jurnalining yozishicha, endi tibbiyot yanada oson va qulay tashxis jarayoniga ega boʻldi.

Toʻqqiz yuz nafar koʻngilli ishtirokida oʻtkazilgan tajribalar shuni koʻrsatdiki, yangi tizim koʻz yoshidan, avvalo, ekzosoma biomarkerlarini, soʻngra ulardagi oqsillarni samarali ajratib oladi.

Tadqiqot mualliflarining xulosasiga koʻra, bu yangilik nafaqat koʻz kasalliklari, balki qandli diabet, saraton kabi boshqa xastaliklarni ham tez va oson aniqlash imkonini beradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?