Jahon kubogida oʻzbekistonlik bokschilar nechta medal oldi?

12:37 17 May 2025 Sport
237 0

Polshaning Varshava shahrida boʻlib oʻtgan boks boʻyicha Jahon kubogi musobaqasi yakuniga yetdi. Unda Oʻzbekiston terma jamoasi bokschilari yuqori natijalar qayd etib, yurtimiz sporti tarixiga yana bir yorqin sahifa qoʻshdi.

Musobaqaning soʻnggi kunida yetti nafar sportchimiz final janglarida ringga chiqib, ulardan olti nafari oltin, biri esa kumush medalni qoʻlga kiritdi. Shuningdek, ikki nafar bokschimiz bronza medali bilan taqdirlandi.

Final janglarida -55 kg vazn toifasida Mirazizbek Mirzahalilov moʻgʻulistonlik raqibi Bilgunsaixan Xarkhuni 5:0 hisobida yengib, oltin medalga sazovor boʻldi. -65 kg vazn toifasida Asadxuja Moʻydinxoʻjayev bolgariyalik Viktorio Iliyev ustidan 5:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi.

-80 kg toifasida Jahongir Ummataliyev Italiya vakili Alfred Kommeyni ham 5:0 hisobida magʻlub etdi. -75 kg vazn toifasida Fazliddin Erkinboyev bolgariyalik Rami Kivanni yirik hisobda yengdi. -85 kg toifasida Akmaljon Isroilov Polsha vakili Yakub Straszevskiyni 2-raunddayoq texnik nokaut bilan magʻlubiyatga uchratdi.

+92 kg vazn toifasida Jahongir Zokirov norvegiyalik Omar Shihani 5:0 hisobida yengib, musobaqadagi oltinchi oltin medalni Oʻzbekiston hisobiga yozib qoʻydi.

Ayollar oʻrtasidagi -57 kg vazn toifasida ringga chiqqan Humorabonu Mamajonova polshalik raqibi Julia Seremetaga qarshi jangda magʻlub boʻlib, kumush medal bilan cheklanishga majbur boʻldi.

Bundan tashqari, -60 kg vazn toifasida Samandar Olimov va -70 kg toifasida Gʻofur Toʻxirov bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Umuman olganda, Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqani 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер