Jahon futboli yulduzlari Toshkentga keladi

21:03 14 Avgust 2025 Sport
589 0

Foto: SI

Joriy yilning 26-27-avgust kunlari Oʻzbekistonga dunyoning eng mashhur futbol yulduzlari tashrif buyuradi. Bu haqda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu kunlarda poytaxtda Futzal federatsiyasi hamda Futbol assotsiatsiyasi tomonidan katta tadbir tashkil etiladi. Ushbu tadbir doirasida, 27-avgust kuni Oʻzbekiston va Jahon futboli afsonalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkaziladi.

Foto: O‘FA

Toshkentga keladigan futbol yulduzlari nomi quyida keltirilgan:

  • Dida — Jahon chempioni, “Milan” tarkibida UEFA Chempionlar Ligasining ikki karra gʻolibi;
  • Roberto Karlos — kuchli zarbalari bilan nom qozongan, dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachilaridan biri, Jahon chempioni, UEFA Chempionlar Ligasining uch karra gʻolibi;
  • Fabio Kannavaro — Jahon chempioni, “Oltin toʻp” sohibi, 2006-yilda jahonning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan yagona himoyachi;
  • Marko Materassi — Jahon chempioni, UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi;
  • Maykon — “Inter”ning eng yaxshi himoyachilaridan biri, UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi;
  • Kristian Zakkardo — 2006-yilgi Jahon chempioni, italiyalik himoyachi;
  • Klarens Zeyedorf — “Milan” afsonasi, Chempionlar Ligasini uch xil klub bilan yutgan yagona futbolchi;
  • Serjinyo — “Milan”ning chap qanot himoyachisi, sermahsul paslari bilan tanilgan;
  • Frank Riberi — “Bavariya” klubining afsonaviy yarim himoyachisi, UEFA Chempionlar Ligasi gʻolibi;
  • Kevin Kurani — Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi, “Shalke-04” klubi afsonasi.

Mazkur yulduzlar 26-avgust kuni “Humo Arena” sport majmuasida BMB hamda “Oil Star” jamoalari oʻrtasida boʻlib oʻtadigan futzal boʻyicha Oʻzbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga tashrif buyurishi va muxlislar bilan uchrashishi ham rejalashtirilgan.

Bir kundan keyin esa bir qator uchrashuvlar oʻtkazilishi dasturga kiritilgan, xususan, afsonalar oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi ham. Oʻyinning boshlanish vaqti hamda manzili haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер