Jahon chempionatiga chiqqan jamoalar soni 20 taga yetdi
Kecha, 8-oktyabr kuni Afrika mintaqasida Jahon chempionati saralashining navbatdagi tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Oʻyinlar yakunida Misr va Gana terma jamoalari 2026-yilgi mundial masalasini ijobiy hal etishga erishdi.
“A” guruhida ishtirok etgan Misr terma jamoasi kecha Kasablanka shahrida Jibuti termasi bilan saralashning 9-turi oʻyinida maydonga tushdi va 3:0 hisobi bilan gʻalaba qozondi. Bu orqali jamoa soʻnggi tur oldidan asosiy taʼqibchisi Burkina-Fasodan 5 ochkoga oldinga chiqdi va Jahon chempionati masalasini hal qildi.
“I” guruhida ishtirok etgan Gana terma jamoasi ham kecha mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Markaziy Afrika Respublikasi terma jamoasini 0:5 hisobi bilan magʻlub etgan jamoa soʻnggi tur oldidan 22 ochkoga ega boʻlmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Afrikada Jahon chempionati saralashi 15-oktyabr kuni yakunlanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring