Jahon chempionati: SamDU talabalari 2 ta oltin, 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritdi
Shu yilning 2-may sanasida Gretsiyaning Iraklion shahrida ogʻir atletika boʻyicha Jahon chempionatiga start berilgan edi. Ushbu chempionatda Samarqand davlat universitetining uch nafar talabasi Ogʻabek Toʻxtayev, Hojiakbar Olimov, Sharofiddin Amriddinovlar Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilishdi.
7-may kuni erkaklar oʻrtasida 89 kg. vazn toifasida Hojiakbar Olimov siltab koʻtarish bahslarida 188 kg. natijani qayd etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Erkaklar oʻrtasida 102 kg. vazn toifasida Sharofiddin Amriddinov barchaning ishonchini oqlab, bugungi musobaqaning rekord natijasini qayd etdi.
U dast koʻtarish mashqlarida oltin medalni qoʻlga kiritgan falastinlik Hamada Muhammaddan bilan bir xil natijaga erishdi. Lekin sport qoidasiga binoan birinchi boʻlib falastinlik chempion shohsupada oʻzini sinab koʻrganligi uchun oltin medal uning hisobiga yozildi.
Siltab koʻtarish mashqlarida esa 204 kg. toshni koʻtarib oltin medalni qoʻlga kiritdi. Umumjamoa hisobida esa sportchimiz 372 kilogramm natijani qayd etib yana bir oltin medalni oʻz hisobiga yozib qoʻydi.
Shunday qilib, Sharofiddin Amriddinov bugungi musobaqa natijalariga koʻra ikki oltin va bitta kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, 73 kg. vazn toifasida Ogʻabek Toʻxtayev munosib ishtirok etib, xalqaro eksportlar tomonidan “Eng yaxshi sportchi” deya eʼtirof etildi. Umumhisobga koʻra, Samarqand davlat universiteti talabalari 4 ta — 2 oltin, 2 ta kumush medalni qoʻlga kiritib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi.
Endilikda sportchilarimiz 15-may sanasida Antaliyada boʻlib oʻtadigan “Islom birdamlik oʻyinlari”da ishtirok etish uchun tayyorgarlik koʻrishadi.
Behruz Shamsiddinov,
Samarqand davlat universiteti Axborot xizmati xodimi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring