Zarbdorda katta kurash bayrami boʻlib oʻtadi
Foto: "Olamsport"
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash hamda 9-may — Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan joriy yilning 13-14-may kunlari Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida “Polvonlari koʻp yurt qudratli boʻlur” shiori ostida kurash va belbogʻli kurash boʻyicha xotira turniri boʻlib oʻtadi.
Jizzax viloyati hokimligi, Jizzax viloyati prokuraturasi tashabbusi bilan hamda Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston belbogʻli kurash federatsiyasi. Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va qator tashkilotlar hamkorligida oʻtkaziladigan mazkur turnirda kurash sport turi boʻyicha erkaklar -60, -66, -73, -81, -90, +90 kg.da kuch sinashsa, belbogʻli kurash boʻyicha erkaklar -55, -60, -66, -73,-81,-90, -100, +100 kg.da bellashishadi. Ayollar esa kurash boʻyicha -48, -52, -57 kg. vazn toifalarida gilamga chiqishadi. Shuningdek, har ikkala yoʻnalishda erkaklar mutlaq vaznda ham gʻoliblik uchun kurash tushishadi.
Kurash va belbogʻli kurash boʻyicha har bir vazn toifasida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan polvonlar 5.000.000 soʻmdan, ikkinchi oʻrinni sohiblari 3.000.000 soʻmdan, ikkita uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan atletlar 1.500.000 soʻmdan pul mukofotiga ega boʻladi. Har ikki yoʻnalishda mutlaq vaznda gʻolib boʻlgan sportchilarga avtomobil bilan taqdirlanadi. Mutlaq vaznda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritganlar 30.000.000, uchinchi oʻrinni band etganlar 10.000.000 soʻmdan pul mukofotlari bilan ragʻbatlantiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring