“Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasi qanday samara berdi?
Mana, soʻnggi 4 kun davomida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi 10 mingdan ortiq maktab rahbarlari, ular orqali oʻqituvchilarga vazirlik oldiga qoʻygan missiyalarni yetkazish maqsadida “Zamonaviy maktab liderlar nigohida” loyihasini amalga oshirdi.
Xoʻsh, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi oʻz oldiga qanday vazifalar qoʻymoqda?
Birinchi maqsad — vazirlik tizimidagi barcha taʼlim muassasalarida sogʻlom va xavfsiz muhitni shakllantirish;
Ikkinchi maqsad — zamonga moslasha oladigan, taʼlimda innovatsiyalar qilishga qodir zamonaviy pedagog kadrlar uchun kasbiy rivojlanish muhitini yaratish;
Uchinchi maqsad — tizimda shaffoflikni taʼminlash maqsadida jamoatchilik, ota-onalar, oʻqituvchilar va barcha manfaatli tomonlar bilan kommunikatsiya oʻrnatish.
Loyihaning asosiy maqsadi nima edi? Jamoada sogʻlom muhit yaratib, bir maqsad atrofida birlashtira oladigan, shaffoflikni har narsadan ustun qoʻyadigan, zamon bilan hamnafas, jahon standartlaridan xabardor liderlarga aylanishiga turtki berish bilan birgalikda direktorlarning maktab taʼlimini rivojlantirish bilan bogʻliq fikrlariga quloq tutish edi.
“Albatta, 4 kun bu juda kam, lekin bu ilk qadam va bu yoʻnalishdagi ishlar doimiy ravishda davom etadi. Biz esa taʼlim sifatini koʻtarishda, sifatli tizim yaratishda fidoyi oʻqituvchilar, biz bilan hamkorlikka tayyor ota-onalar hamda halol, jonkuyar, oʻz ishini sevadigan shijoatli maktab liderlariga suyanamiz. Vazirlik esa oʻz oʻrnida turli tashkilotlarning maktab faoliyatiga aralashuvlariga chek qoʻyish ustida doimiy ish olib boradi” deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring