Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Rossiya yana bir urushga tayyorgarlik koʻrayotgani, shu sababli Germaniya qurolli kuchlarida oʻzgarishlar qilish lozimligini taʼkidladi. Bu haqida BILD maʼlum qildi.
Unda aytilishicha, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius bir necha oylik munozaralardan soʻng, kelasi haftada harbiy xizmat boʻyicha yangi kelishuv imzolanishiga umid qilmoqda. Uning fikricha, millionlab yosh germaniyaliklarning harbiy xizmat masalasiga aniqlik kiritish zarur.
“Rossiyaning Ukrainaga hujumi oraliq bosqich. Ular yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bundesver tubdan oʻzgarishi kerak. Ichki miqyosda yanada harakatchan boʻlishi va xalqaro miqyosda tezroq reaksiya koʻrsatishi shart. Men marra chizigʻida ekanimizni his qilyapman”, — deydi Pistorius.
Shuningdek, Germaniya qurolli kuchlari bosh inspektori Karsten Breuer mamlakat yana urush haqida oʻylashi kerakligi haqida aytib oʻtgan.
Maʼlumot uchun, Germaniya hukumati avgust oyidan beri harbiy xizmat uchun yangi chaqiruv tizimi modelini muhokama qilib kelmoqda. Bundesverda hozirda taxminan 182 ming faol harbiy xizmatchi bor. Ammo NATO majburiyatlarini bajarish uchun ularning soni taxminan 260 mingtaga yetishi kerak.
“Mening maqsadim — oʻn yillikning oxiriga kelib jangovar tayyorgarlikka ega, bardoshli va raqamlashtirilgan, NATO maqsadlariga mos keladigan, Germaniyaning operatsion rejasini bajaradigan Bundesverga ega boʻlish”, — deb qatʼiy xulosa qilgan Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring