Yurt tinchligi va qonun ustuvorligini ta’minlash — pirovard maqsad

Foto: Bosh prokuratura
Mamlakatimizda 2017-yildan buyon 8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni sifatida nishonlanib kelinmoqda.
Yangi yil ostonasida bu sananing nishonlanishi prokuratura tizimi oldida turgan yangi hamda muhim vazifalarni belgilab olish imkonini ham berishi bilan ahamiyatlidir.
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida ushbu sana munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev olib borgan anjumanda qayd etilganidek, davlatimiz rahbari tashabbuslari asosida o‘tgan yillar davomida amalga oshirilgan islohotlar natijasida prokuratura organlari faoliyati tubdan o‘zgardi. So‘nggi 8-yilda prokuratura organlari faoliyati bilan bog‘liq o‘ttizdan ortiq qonunlar, Farmon, qaror va farmoyishlar qabul qilinib, ular samarali ro‘yobga chiqarilayotir.
Tadbirda yaqin istiqbolda prokuratura organlari oldida turgan ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, prokuraturaning har bir xodimi qalbidagi, ongu shuuridagi Vatanga, el-yurtga va islohotlarga sadoqat hissini mustahkamlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilishi qayd etildi.
Ta’kidlandiki, odamlarning hayot darajasini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish, qulay tadbirkorlik hamda investitsiyaviy muhitni shakllantirish, iqtisodiyot barqarorligi, oziq-ovqat va energetika xavfsizligini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, tibbiyot, ekologiya, madaniyat hamda sport kabi muhim sohalardagi islohotlar ro‘yobiga hissa qo‘shish prokurorlar kundalik faoliyatining muhim qismi bo‘lib qoladi.
Qonunchilik ijrosi ustidan nazorat ham keskin kuchaytiriladi, jinoyatchilikka qarshi kurashish va tergov faoliyatini takomillashtirish doimiy e’tiborda bo‘ladi.
Tadbirda bu kabi ko‘plab vazifalarni samarali amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlar, kuch hamda vositalar mavjudligi hamda ular ezgu maqsadlar yo‘lida to‘liq safarbar etilishi alohida qayd etildi.
Anjumanda so‘zga chiqqan soha vakillari prokuratura organlari tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar, e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun xalqimiz hamda davlatimizga minnatdorlik bildirib, el-yurt manfaatlari yo‘lida sadoqat bilan xizmat qilish oliy saodat ekanini yana bir bor qayd etdi.
Videokonferensaloqa shaklida bo‘lib o‘tgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oliy Majlis, Hukumat, vazirlik va idoralar vakillari, barcha darajadagi prokuratura organlari xodimlari hamda faxriylar qatnashdi.
“Xalq so‘zi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring