Yuridik universitetda notariuslar klubi tashkil etiladi
“Xalq so`zi ONLINE”
Keyingi yillarda yurtimizda notariat institutining samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash hamda notarial idoralar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha qator islohotlar amalga oshirildi. Soha rivoji barobarida malakali mutaxassislarga ehtiyoj ham kun sayin ortmoqda.
Shundan kelib chiqib, Toshkent davlat yuridik universiteti va Oʻzbekiston Notarial palatasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
— Notarial palata bilan aynan shu yoʻnalishda hamkorlik qilishga kelishib oldik,— taʼkidladi TDYUU rektori Rahimjon Hakimov. — Prezidentimizning 2020-yil 29-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasida yuridik taʼlim va fanni tubdan takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoniga muvofiq, taʼlim jarayoniga zamonaviy yondashuv va texnologiyalarni joriy etyapmiz. Bunday yangilanishlar universitetda tayyorlanayotgan yuridik kadrlarning sifat-saviyasiga ijobiy taʼsir koʻrsatishiga ishonaman.
Toshkent davlat yuridik universiteti Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boʻlimi xabariga koʻra, hamkorlik memorandumi asosida talabalarga palata markaziy apparati va hududiy boʻlinmalarida amaliyot oʻtash imkoniyati berilmoqda. Qolaversa, ularning notariat xizmatiga doir bilimini takomillashtirish maqsadida “Boʻlajak notariuslar klubi”ni tashkil etish koʻzda tutilgan. Istiqbolli bitiruvchilar esa tashkilotda ishga olib qolinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring