UNICEF: Uch yilda 48 million bola yuqumli kasalliklarga qarshi emlanmagan
Tadqiqotlarga koʻra, vaksinalar yiliga oʻrtacha 4,5 million kishining hayotini saqlab qolishga yordam beradi. Agar emlash vositalari tanqisligi muammosi bartaraf etilsa, 2030-yilga borib, bu koʻrsatkich yana 30 foizga oshishi mumkin.
Biroq oxirgi yillar, xususan, pandemiya davrida dunyo boʻyicha aholining vaksinalarga boʻlgan ishonchi pasayib borayotgani xavotirli holat. UNICEF tomonidan eʼlon qilingan soʻnggi hisobot ushbu muammo tahliliga bagʻishlandi.
Qayd etilishicha, ijtimoiy soʻrovda ishtirok etgan 55 davlatdan 52 tasida uch yil ichida bolalarni emlashga nisbatan jamoatchilik ishtiyoqi pasaygan.
Hindiston, Vetnam, Xitoy davlatlarida immunizatsiyaning ahamiyatini yuqori, Yaponiya, Janubiy Koreya va Papua-Yangi Gvineyada esa aksincha past baholashgan.
Yevropa davlatlari oʻrtasida Portugaliya, Shvetsiya va Irlandiya aholisining vaksinalarga ishonchi baland. Xorvatiya, Latviya va Rossiyada esa buning aksi kuzatilgan.
Shunga qaramay, bolajonlarimiz sogʻligʻi uchun vaksinalar zarur, deb hisoblovchilar qatlami 80 foizdan yuqori boʻlib chiqdi.
Hisobotda keltirilishicha, 2019-2021-yillar davomida 48 million nafar oʻgʻil-qiz yuqumli kasalliklarga qarshi vaksina olmagan. 19 million bola esa toʻliq bosqichda emlanmagan.
Bu, turli epidemiyalar, masalan, 2021-2022-yillarda qizamiq bilan kasallanish koʻrsatkichlari ikki baravar koʻpayishiga sabab boʻldi.
Qolaversa, ekspertlar bemorlar soni ortishi Afrika va Janubiy Osiyoda vaksinalar taqchilligi muammosi bilan ham bogʻliq, degan xulosada.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring