YUNESKO tomonidan mintaqada madaniy merosni himoya qilishni kuchaytirish yoʻnalishida xalqaro seminar-trening tashkil etilmoqda
2023-yilning 5-7-iyun kunlari YUNESKO tomonidan Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo va Afgʻonistonda madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish: huquqni muhofaza qilish va sud hokimiyati organlarining salohiyatini oshirish boʻyicha trening” mavzusida mintaqaviy seminar tashkil etilmoqda.
Ushbu tadbir mintaqaviy hamkorlik orqali masʼul xodimlarning zarur bilim va koʻnikmalarini oshirishga, qulay axborot almashinuv tizimini joriy etishga, noqonuniy sotilgan madaniy boyliklarni qaytarish boʻyicha harakatlarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi.
Mazkur seminarda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, Eron (Islom Respublikasi), Pokiston huquq-tartibot va sud organlari xodimlari, shuningdek, Yevropada yashovchi afgʻonistonlik ishtirokchilar madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash borasidagi zarur bilim va koʻnikmalarini boyitish maqsadida ishtirok etmoqda.
Interpol, Jahon bojxona tashkiloti (JST) va Xalqaro muzeylar kengashi (ISOM) bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminar noqonuniy sotilgan madaniy boyliklarni musodara qilish boʻyicha axborot almashish, harakatlarni muvofiqlashtirishga yordam beruvchi tarmoq yaratish orqali mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Taʼkidlash lozim, mazkur seminar-trening madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashning yangi bosqichga koʻtarish, ularni oʻgʻirlash hamda qalbakilashtirishning oldini olishda muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.
Manzura MATRASULOVA,
OʻzDJTU talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring