Har bir viloyatda kamida 5 tadan Tomorqa maktabi ochiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari kelgusi yil uchun belgilab bergan vazifalarning toʻrtinchi yoʻnalishi – qishloq xoʻjaligi hisobidan aholi daromadlarini oshirish.
Kambagʻallikni qisqartirishda aholiga 232 ming gektar yer boʻlib berilgani natijasida 770 ming odam daromad manbaiga ega boʻldi.
Lekin tajribasi yetishmagani, sifatli urugʻ, mahsulotiga bozor topishga qiynalgani uchun ularning uchdan birida daromad kam.
Tomorqa egalariga serhosil urugʻni tanlash, ishni toʻgʻri tashkil etish orqali yerdan daromadni keskin oshirishni oʻrgatish maqsadida Termiz tumanida Tomorqa maktabi tashkil qilindi.
Ushbu maktabda tomorqaga ilm bilan yondashib, bir yilda Surxondaryo sharoitida 5-martagacha ekin ekish oʻrgatilyapti. 3 ming nafar ehtiyojmand aholi sitrus meva, anjir, xurmo, gul yetishtirish boʻyicha maxsus kurslarda oʻqitildi.
Agar bu tajriba barcha hududlarda joriy qilinsa, mahsulot yetishtirish ham, eksport ham, asosiysi, dehqonlarning daromadi ham 4-5 karra koʻpayadi.
Shu bois, har bir viloyatda kamida 5 tadan bunday maktablarni tashkil qilib, ijaraga yer olgan odamlarni serdaromad ekin ekishga oʻrgatish topshirildi. Dehqonlar ijaraga olgan yerida yetishtirgan mahsulotni kafolatli sotishi uchun “Eksportchi kooperativlari” tashkil qilinadi.
Kelgusi yilda meva-sabzavot va oziq-ovqatni eksport qilish boʻyicha 4 milliard dollarlik marra belgilangan.
Bu borada meva-sabzavotga ixtisoslashgan 1 mingta mahallada ishga solinmagan katta zaxira borligi koʻrsatib oʻtildi.
Masalan, “Qoʻshrabot agrostar” kompaniyasi masʼul boʻlgan Samarqand va Navoiydagi 84 ta mahalla mayiz ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 5 million dollar investitsiya kiritilib, Qoʻshrabot tumanida mayizni saralash, saqlash, qadoqlashga ixtisoslashgan zamonaviy agrokompleks tashkil etilmoqda.
Qolgan 15 ta “Agrostar” kompaniyasi ham shunday ishlasa, 1 mingta ixtisoslashgan mahallaning oʻzidan 500 million dollar eksport, qoʻshimcha 100 ming odamni daromadli qilish mumkin.
Qashqadaryo, Namangan, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hokimlariga banklar bilan hamkorlikda oʻz hududida “Agrostar” kompaniyalarini tashkil qilish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- Bugun Eronga juda qattiq zarba berilishi mumkin – Tramp
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring