Yozyovonlik oila 1 tonnadan ortiq pilla yetishtirdi
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Shu kunlarda Yozyovon tumanida Fargʻona vodiysida birinchilardan boʻlib pilla yigʻim-terimi ishlariga kirishildi. Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov tuman pillakorlari mehnati bilan tanishib, soʻnggi uch yil mobaynida mamlakatimizda birinchilar qatorida rejani uddalayotgan yozyovonlik pillakorlar yutuqlarini yuksak eʼtirof etdi.
“Yozyovon agropilla” MCHJ rahbari Oishaxon Ibragimovaning qayd etishicha, joriy yilda tumanda 130 tonna chilgi hosil yigʻib olinadi. Shu maqsadda 10 ta inkubatoriyada 2145 quti ipak qurti urugʻi undirilib, intensiv texnologiyalar yordamida parvarishlandi. Shu kunlarda yigʻim-terim ishlari uyushqoqlik bilan davom etmoqda.

— “Nurli tong silk” pillachilik klasteri bilan kasanachilik shartnomasi imzolab, 16 quti ipak qurti parvarishladik, — deydi “Suvliariq” MFYda istiqomat qiluvchi Alijon Fozilov. — Ipak qurti toʻliq plyonka ostida parvarishlandi. Bu ozuqa bazasini tejash, hosil sifati va salmogʻini oshirish imkonini bermoqda. Har bir qutidan oʻrtacha 70 kilogramm sanoat xomashyosi terib olmoqdamiz. Bu yil hosil salmogʻini 1 tonnadan oshirishni maqsad qilganmiz.
Pillachilik klasteri tomonidan 1 kg pillaga 40 ming soʻmdan pul beriladigan boʻldi. Bu oilamiz uchun chilgi hosil daromadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring