Yozuvli olma siri

Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Izboskan tumanida Tadbirkor koʻchasi bor. Qizigʻi, ayni shu koʻchada chindan ham ishbilarmon, oʻz kasbining ustalari yashaydi. Misol uchun, Bahodir aka Moʻminov moʻjazgina tomorqasidan bir yilda oʻrtacha 20 million soʻm qoʻshimcha daromad topadi. Hovlisida barq urib oʻsayotgan oʻndan ortiq turdagi mevali daraxtlar har yili moʻl hosil beradi. Ayniqsa, yozuvli mevalarning xaridori koʻp.
— Mevalar quyoshdan rang oladi, — deydi bogʻbon Bahodir aka Moʻminov. — Ana shu jarayonda mevaga oʻzingiz xohlagan tasvirni yopishtirib qoʻysangiz, oʻsha tasvir aks etadi. Buni oʻtgan yillar davomida olmada sinab koʻrdim. Bu yil sentyabr oyidan boshlab nokda ham tajriba oʻtkazmoqchiman.
— Fanda «fotoproteksiya» atamasi mavjud, — deydi biolog Ortiqali Hamidov. — Yuzaning tashqi taʼsirga nisbatan kuchsizlanish holati shunday ataladi. Har qanday yuzaga taʼsir koʻrsatish orqali uning rangiga oʻzgartirish kiritish mumkin. Bunga yozuvli olmalarni misol keltirsa boʻladi.
Eng muhimi, yetilish jarayonida quyosh nuri taʼsirida yozuv yoki boshqa tasvirlar aks etgan mevalarning sifati oʻzgarmaydi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring