Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligi oshiriladi
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (267-son, 29.06.2023-y.) qabul qilindi.
Qaror bilan 2023-2027-yillarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish konsepsiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Konsepsiyada belgilangan tadbirlar quyidagi 5 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich (3–7 yosh);
2-bosqich (7–10 yosh);
3-bosqich (11–17 yosh);
4-bosqich (18–21 yosh);
5-bosqich (22–30 yosh).
Qarorga koʻra, jumladan, quyidagilar amalga oshiriladi:
— mahallalardagi kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni qoʻllab-quvvatlash hamda ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida “Ezgu amal” saxovat karvonlari tashkil etiladi;
— “Amir Temur izdoshlari”, “Jaloliddin Manguberdi vorislari” harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi;
— Yoshlar oʻrtasida 4 bosqichda (mahalla – tuman – viloyat – respublika) “Shunqorlar” hamda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring