Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
Foto: AP
Avstraliya 16 yoshga toʻlmagan oʻsmirlar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni qonun darajasida taʼqiqladi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Yangi qoidalarga koʻra, platformalar maʼmuriyati avstraliyalik oʻsmirlarning barcha akkauntlarini oʻchirib tashlashi, shuningdek ular yangi akkaunt ochmasligini nazorat qilishi shart. Ushbu talablarni bajarmaslik 33 million dollargacha jarima bilan jazolanishi mumkin.
Cheklovlar dunyodagi eng yirik 10 ta platforma, jumladan, Twitch, TikTok va Youtube'ga taʼsir qiladi. Kelajakda ushbu roʻyxat qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Maʼlumot uchun, Avstraliya bunday cheklovlarni joriy etgan dunyodagi birinchi davlatga aylandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring