Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin

17:51 10 Dekabr 2025 Sport
1184 0

Misr terma jamoasi va “Liverpul” klubi hujumchisi Muhammad Saloh faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda “Sky Sports” nashri xabar berdi.

33 yoshli futbolchi Muhammad Salohga 2-yildan beri Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” va “Al-Hilol” jamoalari qiziqish bildirib kelmoqda.

“Ular ayni paytda “Liverpul”dagi muhit buzilganini yaxshi bilishadi va bundan foydalanishga tayyorgarlik koʻrmoqdalar”, deyiladi manba xabarda.

Maʼlumot uchun, 2023-yili “Al-Ittihod” klubi Salohning transferi uchun “Liverpul” klubiga 150 million yevro taklif qilgan, biroq futbolchi jamoadan ketishni xohlamagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер