Yoshlarga oid davlat siyosati va uning istiqbolli rejalari
Foto: “Xalq soʻzi”
Poytaxtimizdagi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yangi Oʻzbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish strategiyasi: mavjud vaziyat va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Q.Quranbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri oʻrinbosari O.Tojiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri A.Ikramov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri I.Abduraxmonov hamda boshqa bir qator davlat vazirlik va idoralari vakillari ishtirok etishdi.
Bahs-munozara shaklida tashkil etilgan tadbirning birinchi yalpi majlisida Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar bandligi taʼminlash va ular bilan individual ishlash tizimini yoʻlga qoʻyish, ikkinchi yalpi majlisida esa yoshlar uchun taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar haqida suhbat uyushtirildi. Konferensiyaning har bir yoʻnalish boʻyicha masʼullar tomonidan fikrlar tinglandi.
— Bugungi yigʻilishimizda bir qator mavzular, jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida»gi qonunni takomillashtirishda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining oʻrni, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ilm-fanga qiziqishini ragʻbatlantirishning yangi tizimini tashkil qilish, yoshlarga oid davlat siyosatida qonunchilikni takomillashtirish masalalari haqida suhbatlashildi. — dedi Yoshlar siyosati va sport vaziri birinchi oʻrinbosari, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev. — Ertamiz bunyodkorlari hisoblangan yosh avlod vakillarini qoʻllab-quvvatlash, tarbiyalash, kamolga yetkazish egnimizdagi eng katta, masʼuliyatli vazifalardan biri. Bugungi tadbirimiz ham yoshlarimizning hayotida muhim oʻzgarishlar boʻlishiga turtki boʻlishiga ishonaman.
Tadbir yakunida takliflar ishlab chiqilib, ularni joriy qilish boʻyicha kelishib olindi.
Rahmatjon BOBOJONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring