Yoshlar katta tennis saboqlarini oʻrganmoqda
Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona shahridagi “Istiqlol” tennis majmuasida sportning 14 ta turi bilan shugʻullanish uchun barcha sharoit muhayyo etilgan.
Ayni paytda bu maskanda 7 nafar malakali murabbiylar ustozligida 6-16 yoshli 200 nafardan ziyod barkamol avlod vakillari sportning katta tennis turi boʻyicha oʻz mahoratini oshirmoqda.
— Fargʻona viloyati hokimligi tomonidan tennis majmuasi moddiy-texnik bazasi zamonaviy mezonlar asosida yangilanib, bu yerda koʻplab xalqaro musobaqalar oʻtkazish imkoniyati yaratildi, — deydi Fargʻona viloyati sportning oʻyin turlari va yengil atletika boʻyicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi direktori Sobirjon Saidxoʻjayev. — Maktabning umidli sportchilaridan Shahrinoz Muhammedova va Javohir Mirzakamolovlar 18 yoshgacha boʻlgan tennischilar oʻrtasida oʻtkazilgan Oʻzbekiston chempionatida oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Endilikda ular mamlakatimiz terma jamoasi safida xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilishadi.
Yutuqlar koʻlamini oshirishda Saida Oʻrinboyeva, Hasanboy Umrzoqov, Sanjarbek Saidxoʻjayev kabi tajribali murabbiylar mahoratini alohida eʼtirof etish oʻrinlidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring