Yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi amalda

17:38 18 Aprel 2023 Jamiyat
543 0

Foto: Xalq so'zi

Yaqinda davlatimiz rahbari raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mamlakatimizda yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi joriy qilindi. Unga ko‘ra 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ijtimoiy ahvoli, qobiliyati va qiziqishlaridan kelib chiqib uch toifaga ajratildi. Davlatning e’tibori va ko‘magiga muhtoj yoshlar har bir vazir, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, rektorlar, milliy gvardiya va harbiy qism komandirlariga 50 nafardan nomma- nom biriktirildi.

Ayni kunlarda Xorazm viloyatida sektor rahbarlari o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini o‘rganmoqdalar. Muloqot natijasida yoshlarning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, davolanish, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun amaliy yordam berish chora- tadbirlari ko‘rilmoqda.

Odilbek Odamboyev, “Xalq so‘zi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?