“Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida Surxondaryo sharafini kimlar himoya qiladi?

Foto: “Xalq soʻzi Online”
“Xalq soʻzi Online”. Ilhom Rahmatov/Surxondaryo. Termiz shahrida “Yosh kitobxon” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.
Buyuk allomalar, adib va mutafakkirlar ijodiy merosini keng oʻrganish va targʻib qilish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovning shahar va tuman bosqichida 500 nafarga yaqin oʻgʻil-qizlar ishtirok etgan edi. Viloyat bosqichida esa hududlardan saralangan 42 nafar yosh kitobxon “Buyuk mutafakkir va adib”, “Badiiy asarlar bilimdoni” shartlari boʻyicha bilim va salohiyatlarini sinovdan oʻtkazishdi.
Yakunda 10-14 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasidan Ruhshona Abdurazzoqova, 15-19 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar oʻrtasida Guljamol Salomova, 20-30 yoshgacha ishtirokchilar oʻrtasida Javlonbek Xurramov gʻoliblikka erishdi. Endi ular tanlovning respublika bosqichida gʻoliblik uchun bellashadilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring