Yosh dzyudochilarimiz «Alibayli Cup» turnirida birinchi
Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘smirlar va kichik yoshdagi o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasidan xabar berishlaricha, an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Alibayli Cup” turnirida mezbonlardan tashqari Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkiya, Gruziya singari o‘nga yaqin davlatdan yosh dzyudochilar ishtirok etdi.
Ozarbayjon Yoshlar va sport vazirligi va mamlakat dzyudo federatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan turnirda O‘lmas Gulliyev murabbiyligidagi “Diplomat” dzyudo klubi tarbiyalanuvchilari ham muvaffaqiyatli qatnashib, klublar o‘rtasida medallar jamg‘arish bo‘yicha (4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza) umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring