Yosh bolalari bilan tilanchilik qilgan ayol IIBga majburan olib ketildi

11-mart kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida ayol voyaga yetmagan bolalari bilan birgalikda tilanchilik qilib yurgan vaqtida qoʻlga olindi. Holat yuzasidan poytaxt IIBB maʼlumot berdi.
Unga koʻra, 36 yoshli fuqaro X.A. (muqaddam maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47, 161, 183, 188 prim.3-moddalari bilan javobgarlikka tortilgan) oʻzining 2015, 2020 va 2022-yillarda tugʻilgan farzandlaridan foydalanib, tilanchilik bilan shugʻullanganligi aniqlangan.
Mazkur huquqbuzarlikni toʻxtatish va qonuniy chora koʻrish maqsadida PPX xodimlari ushbu ayolni yaqin oradagi IIBga olib bormoqchi boʻlishgan, biroq fuqaro ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Ushbu holat tasvirlangan videolar esa ijtimoiy tarmoqlarda turlicha muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
Ushbu holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan fuqaroga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (Mayda bezorilik), 188−3-moddasi (Tilanchilik qilish) va 194-moddasi (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Uch nafar voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish va ijtimoiy yordam koʻrsatish maqsadida Toshkent shahar IIBB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirish choralari koʻrilmoqda. Videotasvirda aks etgan holatda xodimlarning harakatiga baho berish maqsadida xizmat tekshiruvi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring