“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i” barpo etilmoqda

16:18 24 Noyabr 2024 Jamiyat
395 0

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan, xar yili tashkil etilayotgan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Toshkent viloyati, Nurafshon shahrida “Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i” barpo etilmoqda. Mazkur bog‘ni barpo etishning maqsad va vazifalari, bog‘ hududida daraxtlar ekish, manzarali o‘simliklarni parvarishlash va yashil hududni kengaytirish orqali ekologik muhitni yaxshilash, yoshlarning jamoaviy faolligini oshirish, ijtimoiy va ekologik masalalarga yechim topishga jalb qilish, mahallada o‘zaro hamjihatlik va ijtimoiy mas’uliyatni oshirish hamda yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitishdan iboradir. Mazkur bog‘ O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.

Bog‘ning asosiy xususiyatlari:

•  Zamonaviy infrastruktura: Bog‘ hududi zamonaviy landshaft dizayni asosida loyihalashtiriladi. U yerda sayr yo‘laklari, dam olish maskanlari va ekologik bilimlarni o‘rgatadigan maxsus burchaklar tashkil etiladi.

•  “Yoshlar kutubxonasi Bog‘da ochiq havoda foydalanish uchun maxsus burchakda kutubxona joylashtiriladi, unda yoshlar bilimlarini boyitishlari mumkin.

•  O‘yin va sport maydonchalari: Sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash uchun yoshlar uchun sport maydonchalari tashkil etiladi.

Atrof-muhitga do‘stona yondashuv: Bog‘ hududi ekologik jihatdan toza materiallar bilan jihozlanadi va uning barcha faoliyati barqaror rivojlanish tamoyillariga mos keladi.

Bu yil “Mahalla yoshlarining ma’naviyat bog‘i”ida dastlab, yer maydonlarida sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yilib, daraxt ekishga tayyorlandi. Bog‘ hududida 8,5 gektar maydonga pavloniya, oqterak, majnuntol, gilos, tut, tok, qayrag‘och kabi 5 ming donadan ziyod daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.

Daraxt ko‘chatlarini ekish tadbirida 2 ming nafardan ziyod yoshlar, jumladan, volontyorlar yosh tadbirkorlar, yosh kitobxonlar, davlat mukofoti savrindorlari, blogerlar, sportchilar, san’atkorlar, “Kelajak liderlari” volontyorlar, talabalar va yosh olimlar ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, respubilika bo‘yicha, dehqonchilik bilan shug‘ullanish maqsadida 11 118 nafar yoshlar tomonidan 4 507 gektar yer maydonlari “auksion” orqali yutib olingan bo‘lib, ushbu yoshlar tashabbusi bilan 111 180 tup ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborilgan. Hozirgi kunga kelib, 700 ming tupdan ortiq ko‘chatlar ekib bo‘lindi.

Mahalliy hokimliklar bilan hamkorlikda ekilgan daraxt ko‘chatlarini doimiy parvarish qilish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar belgilanadi.

 

 

Foto: Yunus Bo‘riyev / «Xalq so‘zi»

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер