Netanyahu Qatar bosh vaziridan Dohadagi hujum uchun uzr soʻradi
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu Qatar poytaxti Dohada HAMAS rahbariyati joylashgan rezidensiyaga qilingan aviahujum uchun Qatar Bosh vaziri va tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Oli Taniydan rasman uzr soʻradi. Hujum natijasida Qatar xavfsizlik xizmatining bir xodimi halok boʻlgani xabar qilingan.
Qatar Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qilishicha, Netanyahu AQSH prezidenti Donald Tramp ishtirokida oʻtgan telefon muloqoti chogʻida shaxsan bogʻlanib, bu kabi hodisalar kelgusida takrorlanmasligiga vaʼda bergan.
Isroil ommaviy axborot vositalari yozishicha, Tel-Aviv hujum oqibatida halok boʻlgan qatarlik xavfsizlik xodimi oilasiga kompensatsiya toʻlashga ham rozilik bildirgan.
Qatar tomoni esa bunday rasmiy uzrni Isroil va HAMAS oʻrtasidagi muzokaralarda vositachilikni qayta tiklash uchun muhim shart sifatida qoʻygani qayd etilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring