Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka boʻlinishi mumkin — “The Telegraph”
Illyustrativ foto
Yaqin kelajakda dunyo ikki qarama-qarshi iqtisodiy blokka boʻlinishi mumkin. Bu haqda kolumnist Liam Xalliganning “The Telegraph” nashrida chop etilgan maqolasida qayd etilgan.
Uning fikricha, Yevropadagi voqealar tektonik siljishga olib keldi va qudratli davlatlar oʻrtasida taʼsir doiralarini taqsimlash tushunchasini qaytardi. Rossiya va AQSH oʻrtasida yuzaga kelgan qarama-qarshilik sayyoramizni ikkita raqib lagerga boʻlib yuborishi mumkin.
Xalligan, shuningdek, kelajakdagi ittifoqlar qanday koʻrinish olishini ham taxmin qiladi. Unga koʻra, AQSH, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya endi Rossiyani doʻst mamlakat deb hisoblamaydi. Biroq ayni paytda dunyoda Rossiya bilan doʻstona munosabatlarni saqlaydigan kuchli davlatlar mavjud. Ular orasida Indoneziya, Xitoy va Hindiston bor. Kuzatuvchiga koʻra, bu nufuzli davlatlar Moskvaga siyosiy koʻmak berib, u bilan savdo hajmini oshiradi.
«Gʻarb Rossiya banklarini Swift tizimidan uzib qoʻyganida, Xitoyning “UnionPay” tizimi Rossiyaga savdo va xorijiy toʻlovlar oqimida yordam berish uchun qadam qoʻydi», deb yozadi Xalligan.
Uning eslatishicha, Sovet Ittifoqi davrida barcha neft va gaz quvurlari Yevropa Ittifoqi tomon jamlangan. Ammo hozir Moskva Bryusselga qaramlikni kamaytirish uchun eksportni diversifikatsiya qilmoqda va Osiyoning rivojlanayotgan bozorlariga energiya magistrallari qurmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring