Yaqin ikki yilda tashima suvga ehtiyoj qolmaydi

13:42 21 Aprel 2025 Jamiyat
143 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Gʻijduvon tumanidagi 75 ta mahalla fuqarolar yigʻining 14 tasida aholi ayni damda tashima suv orqali obihayotga boʻlgan ehtiyojini qondirmoqda. Yaqin ikki yil ichida bu hududlarda istiqomat qiluvchilar uchun chetdan tashib keltirilgan suvdan foydalanish oʻtmishga aylanadi.

Gap shundaki, tumanda aholini toza ichimlik suv bilan barqaror taʼminlash maqsadida yirik loyiha amalga oshirilmoqda. Bu yumushda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan ajratilgan mablagʻ asqatadi.

— Loyihaning ikkinchi bosqichiga muvofiq, 8 ta suv taqsimlash inshooti rekonstruksiya qilinadi, — deydi “Buxoro suvtaʼminoti” aksiyadorlik jamiyati tuman filiali boshligʻi Gʻ. Sattorov. — Energiyatejamkor nasoslar oʻrnatilishi natijasida ular quvvati oshiriladi. Shuningdek, ikkita yangi suv nasos stansiyasi barpo etiladi.

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida Gʻijduvonda kanalizatsiya tizimini ham rivojlantirish koʻzda tutilgan. Chunonchi, loyihaning birinchi bosqichida shu maqsad uchun 70 million AQSH dollari ajratilgan boʻlib, tuman markazi bilan tutash 14 ta mahalla fuqarolar yigʻinida 200 kilometrdan ziyod uzunlikda oqava suv quvurlari yotqiziladi. 17 ta suv nasos stansiyasi barpo etiladi. Koʻlijabbor mahallasi hududidagi 5 gektar yerda esa oqava suv tozalash inshooti quriladi. Loyihani 2025–2027-yillarda amalga oshirish koʻzda tutilgan. Pirovardida tuman markazidan chiqindi suvni chiqarish va uni tozalash imkoniyati yuzaga keladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер