Yaponiyada Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan qoʻllanma chop etiladi

01:53 14 Aprel 2023 Madaniyat
932 0

Foto: Illustrativ surat

Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida Yaponiyaning yetakchi sayyohlik nashriyoti hisoblangan “Globe-Trotter Travel Guidebook” bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga bagʻishlangan ommabop sayyohlik qoʻllanmasini yangi tahrirda chop etish masalasi ishlab chiqildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, Yaponiyadan Oʻzbekistonga sayyohlar oqimini oshirish, Yaponiya hududlarida mamlakatimizning turizm salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida yurtimizning Tokiodagi elchixonasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida Yaponiyaning yetakchi sayohat nashriyoti hisoblangan “Globe-Trotter Travel Guidebook” bilan hamkorlikda Oʻzbekistonga bagʻishlangan ommabop sayyohlik qoʻllanmasini yangi tahrirda nashr qilish masalasi ishlab chiqildi.

Qoʻllanma joriy yilning 20-aprelidan sotuvga chiqarilib, Yaponiya boʻylab 30 ming nusxada tarqatilishi rejalashtirilgan. Nashrda Oʻzbekistonning qadimiy shaharlari, ulardagi diqqatga sazovor joylari, mehmonxonalar, restoranlar, savdo markazlari va respublikaga tashrif buyuruvchi sayyohlar uchun foydali boʻlgan boshqa maʼlumotlar joy olgan.

Sayyohlik sohasi mutaxassislarining fikricha, mazkur sayyohat qoʻllanmasi Yaponiya fuqarolarining Oʻzbekiston, uning tarixiy obidalari va turistik jozibadorligi haqida xabardorligini oshiradi, bu esa, oʻz navbatida, Yaponiyadan yurtimizga sayyohlar sonining koʻpayishiga xizmat qiladi.

Joriy yilning 13-aprelidan faoliyati tiklanayotgan “Uzbekistan Airways”ning Toshkent va Tokioni bogʻlovchi toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslarida yurtimizga tashrif buyuruvchi yapon sayyohlari uchun qoʻllanma ajoyib yangilik boʻlishi shubhasiz.

“Globe-Trotter Travel Guidebook” Yaponiyaning yetakchi sayyohlik nashriyoti hisoblanib, 1969-yilda tashkil etilgan. Kompaniya tomonidan har yili yapon tilida xorijiy mamlakatlarga oid sayohat jurnallari, gazetalar va qoʻllanmalar 8 million adadda chop etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?