Yaponiya va Vyetnam yarim finalga yoʻl oldi
Kecha, 16-yanvar kuni Saudiya Arabistonida tashkil etilayotgan U-23 Osiyo chempionati musobaqasining chorak final oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan dastlabki bahsda Yaponiya U23 terma jamoasi Iordaniya bilan kuch sinashdi.
Uchrashuv 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Gollarga yaponlardan Shusuke Furuya, Iordaniya termasidan esa Ali Al-Azaiza mualliflik qildi.
Penaltidan seriyasida esa omad “kunchiqar yurti“ vakillariga nasib qildi. Iordaniya termasidan dastlabki zarbani amalga oshirgan Muhammad Taha va soʻnggi zarbani amalga oshirgan Muhammad Al-Shatti zarbada adashdi. Yakuniy hisob 4:2.
Ikkinchi yarim finalda esa Vyetnam U-23 terma jamoasi Birlashgan Arab Amirliklari termasi bilan bellashdi. Oʻyinning asosiy vaqti 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi.
Gollarga Vyetnamdan Nguyen Le Pat va Nguyen Din Bak, BAA termasidan esa Junior Ndiaye va Saif Al-Menhali mualliflik qildilar.
Asosiy vaqt durang bilan yakunlangach, gʻolib qoʻshimcha boʻlimlarda aniqlandi. Birinchi ekstra taymning 101-daqiqasida Pam Min Puk gʻalaba golini kiritdi. Shu tariqa Vyetnam U-23 terma jamoasi musobaqaning yarim finaliga yoʻl oldi.
Maʼlumot uchun, endi vyetnamliklar final yoʻlida Oʻzbekiston va Xitoy terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin gʻolibi bilan bellashadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring