Yangiobod tuman hokimi oʻrinbosari 10 yilga qamaldi

20:07 20 Fevral 2024 Jamiyat
166 0

U 100 ming dollar bilan qoʻlga tushgan edi.

2023-yilning may oyida fuqaro (Q.M.) Yangiobod tumani hokimining v.b. oʻrinbosari (Q.R.) bilan til biriktirib, “Angren Mashal Servis” MCHJ rahbariga (U.T.) shamol elektr stansiyalari qurish uchun 200 gektar yer maydonini olib berishni vaʼda qilib, evaziga 200 ming AQSH dollari talab qiladi.

Q.M. kelishilgan summaning yarmi, yaʼni 100.000 AQSH dollarini restoranlarning birida olgan vaqtida DXX tomonidan ushlanadi. Shuningdek, tadbir davom etkazilib, hokim oʻrinbosari ham qoʻlga olinadi.

JIB Yangiobod tuman sudi mazkur jinoyat ishini koʻrib chiqib, Q.M'ga bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 soʻm) miqdorida jarima va 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishi jazosi, sobiq hokim oʻrinbosari Q.R'ga esa 3 yil muddatga davlat ishtirokidagi tashkilotlarda mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilingan holda bazaviy hisoblash miqdorining 400 baravari (132.000.000 soʻm) miqdorida jarima va 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?