Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uygʻunlikda harakatlanadi
“Qurilish — Uzbuild-2024” xalqaro koʻrgazmasi doirasida “Oʻzbekistonda bunyodkorlik. Yangi Toshkent — tabiat va kelajak shahri” mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Yangi Toshkent shahrini qurish direksiyasi rahbariyati, soha mutaxassislari, aqlli shahar loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy ekspertlar Yangi Toshkentni qurish konsepsiyasi, jarayonga joriy etilgan yangi, innovatsion yechimlar, aholi uchun yaratiladigan qulay infratuzilma va sharoitlar xususida taqdimot oʻtkazishdi.
Loyihani amalga oshirishda eng zamonaviy ekologik transport tizimidan foydalaniladi. Yangi Toshkentda metro va elektrobuslar uygʻunlikda harakatlanadi.
Bunda “yashil va xavfsiz shahar” tamoyili asosida piyodalar va velosipedlarning erkin harakatlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Shu maqsadda 100 ming avtomobil uchun yer osti turargohlari quriladi. Avtomobil qatnovi uchun 14 ta zamonaviy tunellar hamda Chirchiq va Qorasuv daryolari ustida 7 ta koʻprik bunyod etiladi.
Markaziy Osiyoda ilk bor “uch-generatsiya” stansiyasi quriladi. Yaʼni bu stansiya orqali elektr ishlab chiqariladi, binolar kuz-qishda isitiladi, yozda esa sovutiladi. Barcha elektr, aloqa tarmoqlari, gaz va suv quvurlari yer tagidan oʻtkaziladi.
Suv tejovchi texnologiyalarni qoʻllash hisobiga suv sarfi 2 baravar kamayadi. Oqova suvlar zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlanib, sugʻorish va texnik maqsadlar uchun yoʻnaltiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring