Yangi tibbiyot maskani foydalanishga topshirildi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Payariq tumanidagi Goʻzal mahallasida “Tez tibbiy yordam” binosi foydalanishga topshirildi. Mazkur yangi obyekt “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 100 million soʻm mablagʻ evaziga qurib bitkazildi.
Samarqand tumanida ham “Tez tibbiy yordam stansiyasi” oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu obyektda ham “Tashabbusli byudjet” loyihasi asosida 1 milliard 350 million soʻm mablagʻ evaziga barcha sharoitlar yaratildi.

Bugungi kunda 9 ta shoxobchadan tashkil topgan tuman “Tez tibbiy yordam stansiyasi” 272 ming aholiga tibbiy xizmat koʻrsatib kelmoqda. Bunda 22 ta guruh boʻlib, shundan 16 ta vrachlik posti, 5 ta feldsherlik posti va 1 ta maxsus psixiatrik boʻlimlari mavjud.
Mazkur yangi obyektlarning ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vazirligi va viloyat boshqarmasi masʼullari, tuman hokimliklari, sektor rahbarlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi. Ishtirokchilar yangi binolarda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring