Yangi tashkil etilgan “ToshTech” texnika universitetiga rektor tayinlandi
Foto: Oliy taʼlim vazirligi
Prezidentning joriy yil 11-sentyabrdagi 274-son qarori bilan Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universitetini tashkil etilishi toʻgʻrisida xabar berilgan edi. Hukumatning tegishli qaroriga koʻra, Xudoyqulov Adxam Yusupovich mazkur universitet rektori etib tayinlandi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati maʼlum qildi.
Adxam Xudoyqulov bunga qadar Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. Undan avval esa “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
“ToshTech” texnika universiteti
Prezident qarorida keltirilishicha, “ToshTech” texnika universiteti akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi. Unda 2025/2026 oʻquv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1-yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.
2026/2027 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyiladi. 2027/2028 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi.
Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi. 2029/2030 oʻquv yiligacha oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring