Yangi qurilma: endi jigar faoliyatiga ekspress ravishda tashxis qoʻyish mumkin

12:27 18 Aprel 2022 Jamiyat
753 0

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti tomonidan ishlab chiqilgan kichik oʻlchamli mobil qurilma qon plazmasidagi umumiy bilirubin miqdorini reaktivsiz usul yordamida kam vaqt davomida baholash imkonini beradi.

Ushbu qurilma yordamida oilaviy poliklinikalarda va koʻchma mobil laboratoriyalarda qoʻllanish hisobiga odam organizmining sogʻligʻini belgilovchi asosiy organ — jigarning ishlash samaradorligini ekspress ravishda tashxislash mumkin.

Qurilmaning muhim xususiyatlaridan biri, bu — uning kichik oʻlchamliligi, mobil, yaʼni dala sharoitida ham, qisqa vaqt oraligʻida va reagentsiz, qoʻshimcha kimyoviy moddalarsiz toʻgʻridan-toʻgʻri olishdadir. 

Qurilma energiya tejamkor boʻlib, dala sharoitida ishlashi uchun kichik oʻlchamli akkumulyatorlardan ham foydalansa boʻladi. Qurilmada 100 ta oʻlchash natijalarini saqlash imkoniyati ham mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?