Yangi korxonada mingta ish oʻrni yaratildi

21:24 29 Iyul 2024 Jamiyat
186 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Xoʻjaobod tumanida faoliyat olib boruvchi “FayzM” masʼuliyati cheklangan jamiyati Buloqboshi tumanida yangi tikuv korxonasini ishga tushirdi. Buning natijasida 1000 ta yangi ish oʻrni yaratildi.

— Korxonamiz 2016-yilda tashkil topgan boʻlib, oʻsha paytda jamoamiz 200 kishidan iborat edi, — deydi korxona taʼsischisi Farhodjon Zokirov. — Ayni paytda 2 ming kishidan iborat klasterga aylandik. Bu mamlakatimizda tadbirkorlarga yaratilgan qulay imkoniyat va sharoitlar mahsulidir.

Bugungi kunda korxonada bir yilda 4 mln. 200 ming dona trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Oʻtgan yili 3 mln. dollarlik sifatli va bejirim mahsulotlar Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston kabi davlatlarga eksport qilindi. Joriy yilda bu koʻrsatkich 4 mln. dollarni tashkil etishi rejalashtirilgan. Bu kabi marralarni zabt etishda buloqboshilik tikuvchilar ham faol ishtirok etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?