Yangi xususiy maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti ochildi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand tumanidagi Oʻzbekkenti mahallasida 1100 oʻrinli “Registon lyceum” xususiy maktabi hamda 200 oʻrinli “Registon bogʻchasi” xususiy maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbir doirasida bolalar organizmining faol oʻsishi va rivojlanishida muhim boʻlgan aqliy, ruhiy, jismoniy jihatlarni uygʻunlikda qamrab oladigan, taʼlim va tarbiyani zanjirli bogʻlaydigan dasturning taqdimoti oʻtkazildi. Bu dastur ikki yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun moʻljallangan.
Yangi xususiy maktab va maktabgacha taʼlim tashkiloti ochilishiga bagʻishlangan marosimda Samarqand viloyati hokimining oʻrinbosari Husan Toʻxtayev, tuman hokimi Sirojiddin Usmonov, “Zarafshon” va “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri Farmon Toshev soʻzga chiqib, taʼlim-tarbiya maskanlari faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring