AQSH Gʻazoda urushni toʻxtatish boʻyicha yangi reja taqdim etdi

AQSH Gʻazo sektoridagi qurolli toʻqnashuvlarni toʻxtatish boʻyicha reja ishlab chiqdi. Bu haqda DW xabar qildi.
29-sentyabr kuni Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Anjumanda Tramp Netanyahu taqdim etgan tinchlik rejasini qabul qilganini maʼlum qildi. Biroq HAMAS hali rasmiy rozilik bildirmagan.
“Agar HAMAS taklif qilingan rejaga rozi boʻlmasa, Vashington Netanyahuning bu guruhga qarshi qoʻlga kiritadigan barcha chora-tadbirlarini qoʻllab-quvvatlaydi”, — dedi Donald Tramp.
Tramp taklif qilgan rejaga koʻra, Isroil rejani tasdiqlaganidan soʻng 72 soat ichida HAMAS qoʻlidagi barcha garovdagilar ozod qilinadi. Javoban Isroil yuzlab falastinlik mahbuslarni qoʻyib yuborishi va oʻz qoʻshinlarini bosqichma-bosqich Gʻazodan olib chiqishi kerak boʻladi.
Reja asosida Gʻazo demilitarizatsiya qilingan, terrorizmdan xoli hududga aylantiriladi. HAMAS anklav boshqaruvidan toʻliq chetlashadi. Qoʻlidan qurolini tashlagan harakat aʼzolariga amnistiya berilishi yoki ularga xorijga chiqib ketishga ruxsat etilishi mumkin.
Shuningdek, Gʻazoga xalqaro barqarorlashtiruvchi kuchlar joylashtiriladi, keng koʻlamli gumanitar yordam yetkaziladi. Maxsus iqtisodiy zona tashkil qilinadi. Joy aholisini majburan koʻchirish rejalashtirilmagani taʼkidlandi.
Oʻtish davrida Gʻazo texnokratik qoʻmita tomonidan boshqariladi. Bu qoʻmita falastinlik mutaxassislar va xalqaro ekspertlardan tuziladi. Keyinchalik Falastin hukumatida zarur islohotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
AQSHning taʼkidlashicha, agar Isroil va HAMAS ushbu taklifni qabul qilsa, harbiy harakatlar darhol toʻxtatiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring