“Yangi Andijon”ga ikki ming nafardan ziyod aholi koʻchib keldi
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Bugun respublikamizning deyarli barcha hududlari keng koʻlamdagi qurilish maydoniga aylangan. Andijon tumanida barpo etilayotgan “Yangi Andijon” shaharchasida ikki yil davomida yuzlab koʻp qavatli uylar qad rostladi. Ayni paytda bu maskanda 2 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilmoqda.
— Loyihaga koʻra 4 ming gektar maydonda barpo etilishi rejalashtirilgan shaharchaning 53 gektarida qurilish ishlari davom etmoqda, — deydi “Yangi Andijon” shaharchasi shtab boshligʻi Shoxruhbek Sobirjonov. — Bu yerda 192 ta koʻp qavatli uy-joylarni qurish belgilangan. Joriy yilning oʻzida 110 ta turarjoy binolari foydalanishga topshiriladi.
Mukammal muhandislik yechimlarini oʻzida mujassam etgan ushbu manzil toʻliq barpo etilgach, 400 ming nafar aholi oʻz uyiga ega boʻladi. Quvonarlisi shundaki, bu kabi bunyodkorlik ishlari viloyatning har bir shahar va tumanlarida davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring