Yana uchta tumanning hokimi oʻzgardi
Bugun, 25-noyabr kuni Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumani hamda Toshkent viloyatining Boʻka va Parkent tumanlariga yangi hokimlar tasdiqlandi. Bu haqda tegishli viloyat hokimliklari matbuot xizmatlari xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun Xalq deputatlari Gʻijduvon tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan. Unda viloyat hokimi Botir Zaripov nutq soʻzlagan.
Shundan soʻng tashkiliy masala koʻrib chiqilgan va shu vaqtga qadar “Gʻijduvon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelgan Farhod Baqoyevich Umarovni tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi viloyat hokimi qarorini oʻqib eshittirgan.
Toshkent viloyati hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Boʻka tumani hokimi lavozimiga Sardor Isoqulov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Boʻka tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrildi. Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Begmatov lavozimidan ozod etildi.
Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Boʻka tumani hokimi lavozimiga Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Sardor Dadajonovich Isoqulov nomzodini tavsiya qildi. Xalq deputatlari tuman kengashi uni tuman hokimi etib tasdiqladi.
Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham tashkiliy masala koʻrildi. Unda viloyat hokimligida qurilish, toʻsiqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha kotibiyat mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Poʻlatov Elmurod Toʻxtaboyevichning nomzodi Parkent tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring