Yana 39 nafar Oʻzbekiston fuqarosi AQSHdan deportatsiya qilindi

14:58 08 Sentyabr 2025 Jamiyat
117 0

Kecha, 7-sentyabr kuni AQSHda noqonuniy boʻlib turgan 39 nafar Oʻzbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqida Qoʻshma Shtatlarning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ushbu deportatsiya amaliyoti AQSH oʻz chegaralarini mustahkamlash boʻyicha olib borayotgan davomli harakatlar tizimi doirasida amalga oshirilgan.

“Qoʻshma Shtatlar noqonuniy immigratsiyaga chek qoʻyish, davlat chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qatʼiy kirishgan. AQSHga noqonuniy kirib kelganlar qamaladi va deportatsiya qilinadi”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, AQSHning deportatsiya jarayonlarini amalga oshirishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun Oʻzbekiston hukumatiga chuqur minnatdorlik bildirilgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning aprel oyida Nyu Yorkdan Toshkentga AQSH deportatsiya qilgan 131 nafar Oʻzbekiston, Qozogʻiston va Qirgʻiziston fuqarolari olib kelingan edi. Nyu-Yorkdan Toshkentga parvoz 30-aprel kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining “Boeing-787” samolyotida tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер