“Eron-Oʻzbekiston” parlamentlararo guruhi doirasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

15:22 29 Sentyabr 2025 Siyosat
141 0

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Eron islomiy kengash majlisi deputati va “Eron-Oʻzbekiston” parlamentlararo doʻstlik guruhi raisi Javad Nikbin bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Javad Nikbin Oʻzbekistonda soʻnggi yillardagi ijobiy oʻzgarishlar, keng koʻlamli islohotlar, Prezidentimizning xalqaro maydondagi oqilona siyosati tufayli mintaqamizdagi doʻstona muhit rivojlanayotganligi alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, tomonlar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi va saʼy-harakatlari asosida soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasida koʻp qirrali hamkorlik munosabatlari jadal rivojlanib, yangi bosqichga koʻtarilgani alohida taʼkidladi.

Ikki mamlakat oʻrtasidagi parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish va parlamentlararo aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratildi. Soʻnggi yillarda parlamentlararo aloqalar faollashgani, parlament rahbarlarining muntazam muloqoti va oʻzaro tashriflari ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qilayotgani taʼkidlandi.

Uchrashuvda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, investitsiya, transport va turizm sohalarida hamkorlikni kengaytirish hamda mazkur sohalarda davlat rahbarlari va hukumatlar oʻrtasida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini qatʼiy parlament nazoratiga olish muhimligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga, Eron bilan tibbiyot, nanotexnologiya yoʻnalishlarida tajriba almashish, Oʻzbekistonning dengizga chiqishi yoʻlida Eron portlaridan foydalanish imkoniyatlari haqida ham fikr almashildi.

Oʻzbekiston va Eron viloyatlari oʻrtasida madaniy-gumanitar, iqtisodiy-ijtimoiy yoʻnalishlarda hududlararo aloqalarni yoʻlga quyish masalalari ham muhokama etildi.

Uchrashuv yakunida istiqboldagi rejalar va loyihalarni hayotga tatbiq etishda hamkorlik rishtalarini yanada mustahkamlashga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер