Yaman yaqinida qayiq halokatga uchradi: 70 ga yaqin muhojir halok boʻldi
Foto: Focus
Yaman qirgʻoqlari yaqinida noqonuniy muhojirlarni olib ketayotgan qayiq choʻkib ketdi. Hodisa oqibatida kamida 68 kishi halok boʻldi, yana oʻnlab fuqarolar bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, fojia 3-avgust kuni Yaman janubidagi Abyan viloyati sohillarida yuz bergan. Qayiqda jami 150 kishi boʻlgan, ularning koʻpchiligi Efiopiyadan kelgan muhojirlar edi.
Mahalliy rasmiylarga koʻra, 12 kishi omon qolib, tibbiy yordam koʻrsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan.
Ayni paytda Abyan viloyati huquq-tartibot idoralari halok boʻlganlarning jasadlarini qidirish ishlarini davom ettirmoqda.
Yaman — Afrika va Arab yarimoroli oʻrtasidagi asosiy migratsion yoʻllardan biri hisoblanadi. Soʻnggi yillarda minglab muhojirlar xavfli sharoitda dengiz orqali ushbu yoʻnalishda harakatlanib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring