“Yakshanba” filmi xalqaro kinofestivallardagi sakkizinchi mukofotini qoʻlga kiritdi
Foto: Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi
“Yakshanba” filmi rejissyori Shokir Xoliqov Qozogʻistondagi Bastau xalqaro kinofestivalida (Bastau International Film Festival) “Eng yaxshi rejissyor” nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Bu haqda Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi Axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan yaratilgan “Yakshanba” filmi XV Toshkent xalqaro kinofestivalining Markaziy Osiyo filmlari tanlovida “Eng yaxshi film” deb topilgan. Shuningdek, film Shanxay xalqaro kinofestivalida “Osiyoning yangi iqtidorlari” nominatsiyasida ham gʻolib boʻlgan boʻlsa, Qirgʻizistondagi xalqaro kinofestivalda gran-pri sovrinini qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari Osiyodagi eng yaxshi filmlarni aniqlash va ularni mukofotlash loyihasida taqdirlangan. Shu bilan birga Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan “Red Sea film festival“da Shokir Xoliqov ”Eng yaxshi rejissyor” deb tan olingan.
Avvalroq rejissyor Hindistonda oʻtkazilgan yuqori darajali festivalda “Eng yaxshi rejissyor”, “Yakshanba” filmi esa “Osiyoning eng yaxshi filmi” nominatsiyasida gʻolib boʻlgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring